Bidon (kitob)
«Bidon» — arab tilini oʻrgatuvchi fors-tojik tilida yozilgan kitob boʻlib, muallifi va yozilgan vaqti nomaʼlum.
Abdurrahmon Jomiyning «Sharhi mullo» asaridagi maʼlumotga koʻra, «Bidon» uning davridan oldin ham mavjud boʻlgan. «Bidon»da arab tilining gap boʻlaklari hamda grammatikasi sodda va ixcham tarzda tushuntirilgan. Madrasalarda arab tili darslari paytida «Bidon» grammatika va «kofiya»ni oʻrganishda asosiy dasturulamal hisoblangan.
«Bidon» 2012-yilda Toshkentda oʻzbek tiliga tarjima qilindi[1].
Manba
tahrirБидон // Асос — Боз. — Душанбе: СИЭМТ, 2013. — ISBN 978-99947-33-52-4.