Bijopur sultonligi
Bijopur — Hindistondagi oʻrta asr davlati. Uning asoschisi bahmaniylar (qarang Bahmaniy sultonligi) noibi Yusuf Odilxon boʻlib, u 1489-yil oʻzini mustaqil deb zʼlon qilgan va odilshohlar sulolasini boshlab bergan. Shivaji rahbarligidagi marathalar qoʻzgʻoloni va boburiylar bilan boʻlgan urushlar Bijopurni zaiflashtirgan. 1686-yil Boburiylar davlati tomonidan boʻysundirilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |