Bilbao (Bilbao) — Ispaniya shim.dagi shahar. Basklar mamlakatida, Biskay provinsiyasining maʼmuriy markazi. Nervon daryosi boʻyidagi yirik port va temir yoʻl tuguni, xalqaro aeroport bor. Aholisi 369 ming kishi (1991), shahar atrofi bilan birga 950 mingdan ortiq. Mamlakatdagi qora metallurgiya sanoatining muhim markazlaridan. B. atrofida temir rudasiga boy konlar koʻp. Mashinasozlik (kemasozlik), elektrotexnika, kimyo (azot oʻgʻitlari, plastmassa), oyna va toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. B. orqali chetga temir rudasi, choʻyan, vino, konserva, mashina va uskunalar chiqariladi; chetdan toshkoʻmir, neft mahsulotlari, yogʻoch keltiriladi. B.ga 1300-yilda asos solingan. Yangi shahar 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida qurilgan. Universitet, oliy texnika maktabi, sanʼat muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 14-asr gotika sobori, 1890-yilda qurilgan ratusha saqlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil