Biliverdin — 1lot. bills oʻt (safro) va frans. vert (ved) — yashil] — oʻt (safro) pigmentlaridan biri; yashil kristall modda, umurtqali hayvonlar jigari, talogʻi va koʻmigining makrofaglarida gemoglobin parchalanishidan verdoglobin hosil boʻladi, bu modda parchalanganda esa globin, temir va B. ajralib chiqadi. B. qaytarilganda bilirubin hosil boʻladi. Umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar)da ham B. topilgan.

Uzoq-qizil va yaqin infraqizil lyuminestsent Ubiquitinatsiyaga asoslangan hujayra aylanishi ko'rsatkichi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil