Bilor
(Bilyardan yoʻnaltirildi)
Bilor, Bilyar — oʻrta asr shaharlaridan (10 — 13-asrlar), 12 — 13-asr boshlarida VolgaKama Bulgʻoriyasinnit poytaxti. Tatariston Respublikasidagi Bilyarsk qishlogʻi yaqinida harobalari saqlangan. Rus yilnomalarida Buyuk shahar deb qayd qilingan. 1236-yil B.ni moʻgʻullar vayron qilgandan soʻng oʻzini avvalgi iqtisodiy ahamiyatini yoʻqotgan. B. harobalaridan gʻishtin binolar, qabriston, mahalliy hunarmandlar yasagan turli buyumlar, shuningdek Eron, Movarounnahr, Old Osiyo, Xitoy, Vizantiya, Kavkaz va Rusda ishlangan koʻplab buyumlar topilgan. 1967-yildan muntazam arxeologik kazishmalar olib boriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |