Bioakustika
Bioakustika (bio... va akustika) - biologiyaning hayvonlar tovushini va ularning tovush orkali bir-biri bilan aloqa bogʻlashini oʻrganadigan boʻlimi. B. hayvonlar ekologiyasi va etologiyasi bilan ularning tovush signallari chiqaradigan hamda bunday signallarni qabul qiladigan organlarining fiziologiyasi va morfologiyasi hamda akustikasi bilan chambarchas bogʻliq. Evolyu"siya jarayonida hayvonlarning tovush orqali bir-biri bilan aloqa bogʻlash xususiyati murakkablashib borgan, ular tanasining har xil qismlari ishqalanishidan hosil boʻladigan "mexanik" tovushdan nafas yoʻllaridagi havo oqimidan ("haqiqiy" tovushdan) foydalanishga oʻtgan. "Mexanik" tovush oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlar uchun xos (sikadalarning tebranuvchi membranalari, qoʻngʻizlar qanotining pirillashi va boshqalar), 42 oilaga mansub mingdan ortiq baliqdarda ham shu xilda tovush chiqarish xususiyati bor ekanligi aniqlangan. Baliklar suzgich pufagi, tangachalari, jagʻlari va tanasining boshqa qismlari yordamida tovush chiqaradi. Quruklikda yashaydigan umurtqali hayvonlar tovush chiqarishda nafas sistemasi va tovush boylamlaridan foydalanadi. Tovush orqali aloqa bogʻlash xususiyati parrandalarda yaxshiroq, sut emizuvchi va suvda hamda quruqlikda yashovchilarda birmuncha kamroq rivojlangan. Evolyutsiya mobaynida tovush qabul qilish sistemasi ham takomillashib borgan. B. katta amaliy ahamiyatga ega. Maye, zararkunanda hayvonlarni butunlay qirib yuborish oʻrinsiz boʻlsa, ular sunʼiy tovushlar (signallar) yordamida qochirib yuboriladi, chunonchi, aerodromlarda parrandalar sunʼiy tovush yordamida quvlanadi, chunki ular aviatsiya halokatiga sabab boʻlishi mumkin. Yapaloqqushlar, koʻrshapalaklar va delfinlar exolokatsiya sistemasi bionikapya ahamiyatga ega. Biogidroakustikaaan baliqovlashning yangi usullarini ishlab chiqishda va dengizda suzishda foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |