Bioekosan
Bioekosan, Oʻzbekiston yoshlarining "Bioekosan" oʻquvmetodik majmuasi — Oʻzbekistonda uzluksiz ekologiya taʼlimini amalga oshiradigan taʼlimtarbiya muassasasi. Dastlab 1929-yil Samarqandda yosh tabiatshunoslar st-yasi nomi bilan tashkil etilgan. 1994-yil dekabrdan ekologiya tabiatshunoslar markazi, 1995-yil avgustdan yuqoridagi nomda. B.ning asosiy makreli bogʻcha bolalari, maktab oʻquvchilari, akademik litsey, kasbhunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari talabalariga biologiya, ekologiya, salomatlikdan taʼlimtarbiya berish, iqtidorli bolalarni tanlab, ularni har tomonlama kamol topishlariga koʻmaklashishdan iborat. Majmua tarkibida ekologiya ilmiy tadqiqot lab. mavjud. Majmua respublikada uzluksiz ekologiya taʼlimi muammolari va ularning yechimlariga bagishlangan ilmiymetodik anjumanlarni uyushtiradi va oʻtkazadi. Majmua xodimlari 1995-yildan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 499bolalar bogʻchasi va 288maktabda bogchamaktab tajriba maydoni tashkil etib, uzluksiz ekologiya taʼlimi boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradilar. Majmua ekologiyadan davlat taʼlimi standarti, uzluksiz ekologiya taʼlimi konsepsiyasi va uzluksiz ekologiya taʼlimi boʻyicha metodik tavsiyanomalar yaratadi. Majmua 1994-yildan buyen "Tabiat: kecha, bugun, ertaga" mavzuida respublika oʻquvchilarining ilmiy amaliy anjumanini oʻtkazib keladi. Majmua respublika viloyatlaridagi ekologiya va tabiatshunoslar markazi ishini muvofiklashtirib turadi va ularga ilmiy amaliy yerdam koʻrsatadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |