Biogen stimulyatorlar
Biogen stimulyatorlar, biologik stimulyatorlar — muayyan sharoitda hayvonlar va oʻsimliklar toʻqimalarida hosil boʻladigan va biologik faollik xususiyatiga ega boʻlgan moddalar. Biogen stimulyatorlar tugʻrisidagi taʼlimot ilk bor V. P. Filatov (1875—1956) tomonidan ishlab chiqilgan. Biogen stimulyatorlar organizm funksiyalarini tezlashtiradi. Biogen stimulyatorlar li preparatlar oʻsimliklar (aloe bargi ivitmasi) va hayvonlar toʻqimalaridan turli xil omillar (sovitish, qorongʻi joyda saqlash va boshqalar) taʼsir etishi orqali, shuningdek mikroflora va mikrofauna qoldiklariga ega boʻlgan torfdan hamda balchikdan tayyorlanadi. Biogen stimulyatorlar dan tibbiyotda har xil kasalliklar (tez bitmaydigan yaralar, yalligʻlanish jarayonlari, koʻz kasalliklari, ekzema, suyak sinishi, endometritlar, mastit va boshqalar) ni davolashda, chorvachilikda yosh mollarning oʻsishini tezlashtirish, pushtini koʻpaytirish va mahsuldorligini oshirishda foydalaniladi. Bunda suyuq preparatlar inʼyeksiya qilinadi yoki ichiriladi. Implantatsiya maqsadlarida quruq preparatlar (hayvonlar embrioni, talogʻi, jigari va buyrak usti bezidan tayyorlanadigan quruq biostimulyatorlar), Dorogoye antiseptik stimulyatori, yilqilar qon zardobi (SJK), hayvonlarning konserva qilingan koni va uning ekstrakti (DZK), atsidofil bulon kulturasi (ABK) va boshqa ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |