Organogen togʻ jinslari

(Biogen togʻ jinslaridan yoʻnaltirildi)

Organogen togʻ jinslari (yun. organon — organik va ...genez), biogen togʻ jinslari — organik qoldiqlardan yoki organizmlarning faoliyati natijasida hosil boʻlgan minerallardan tashkil toptan choʻkindi togʻ jinslari. Tarkibiga koʻra, karbonatli, kremniyli, baʼzi fosfatli jinslarga, shuningdek, koʻmirga boʻlinadi. Karbonatl i Organogen togʻ jinslarij. foraminifera, marjon, mshanka, braxiopoda, mollyuskalar va boshqa organizmlarning chigʻanoklari, suvoʻtlardan tarkib topgan. Ularga ohaktosh, boʻr va boshqa kiradi. Kremniyli Organogen togʻ jinslarij. diatomit, spongolit, radiolyarit (kremniyli jinslar), kokkolitoforid va boshqalardan iborat. Fosfatli Organogen togʻ jinslarij. kam uchraydi, ularning tarkibiga turli davrlarda yigʻilgan silur braxiopodalari, guano va boshqa kiradi. Koʻmirli Organogen togʻ jinslarij. tarkibiga turli sifatli kumir, yonuvchi slanetslar kiradi; bu guruhtogʻ jinslarining hajmi Yer poʻstidagi karbonatlarga nisbatan juda kam. Neft va qattiq bitumlar Organogen togʻ jinslarij.ning alohida guruhini tashkil qilgan, fitoplankton ularni hosil qiluvchi asosiy material boʻlgan. Organogen togʻ jinslarij. qatlamlarining qalinligi 5—10 sm dan bir necha 100 m gacha. Tarkibiga karab rangi har xil, koʻproq och kulrang va oq. Organogen togʻ jinslarij. paleozoy, mezozoy, kaynozoy davrlari choʻkindi jinslari orasida uchraydi. Oʻzbekistonda bu jinslar qoʻrgʻoshin, rux, ohaktoshlar, kumir, neft va gaz konlarida mavjud.

Adabiyot

tahrir
  • Logvinenko N. V., Petrografiya osadochnix porod, M., 1984.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil