Bioindikatorlar
Bioindikatorlar (bio... va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman)—soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshqa organizmlarning boʻlishi va boshqalar)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan chegarada oʻzgargandagina hayot kechira oladi. Maye, dengizda baliqchi qushlarning toʻplanishi baliqlar toʻdasi kelayotganligini koʻrsatadi. Maxsus plankton va bentos organizmlari esa suv massasi va oqimining paydo boʻlishi yokisuvhavzasiningshoʻrlanganlik darajasi, harorati va boshqa xususiyatlarining koʻrsatkichi hisoblanadi. Lishayniklar va ayrim ninabarglilar atmosfera havosi, buloqchilar va bahorikorlar lichinkalari suv havzalari tozaligining B. hisoblanadi. Tuprokda yashaydigan bir qancha mikroorganizmlar va oʻsimliklardan foydali qazilma boyliklarni qidirib topishda B. sifatida foydalaniladi. Tuproq hayvonlari kompleksiga binoan tuproq tiplari va ularni odamning xoʻjalik faoliyati taʼsirida oʻzgarishini aniklash mumkin. B. yordamida substratda vitaminlar, antibiotiklar, gormonlar va boshqa biologik faol moddalar boʻlishini, har xil kimyoviy moddalar (rN, tuzlar tarkibi va boshqalar) hamda fizik omillar (radioaktivlik va boshqalar) intensivligini baholash, shuningdek uzok, tarixiy jarayonlarni taʼriflab berish mumkin. Maye, Qizilqum quduqlarida chigʻanoqli bir xujayralilarning topilishi hozirgi qumlik choʻl oʻrnida qadimda dengiz boʻlganligidan darak beradi. Tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini nazorat qilib borish (monitoring) B.dan foydalanishning eng muhim tomonlaridan biri hisoblanadi. Maye, suvlar florasi va faunasi tarkibi, ulardagi ayrim turlarning miqdoriy koʻrsatkichlariga binoan suvlarning ifloslanish darajasi va xususiyatlari, ularni ichishga yoki xoʻjalik maqsadlarida foydalanishga yarokligi hamda tozalash inshootlarining samaradorligiga baho berish mumkin. Kosmonavtikada B. yordamida kosmik fazoda tirik organizmning normal hayot kechirishiga yordam beradigan sistemalar sinab koʻriladi. Masalan, 1966-yil "Kosmos 110"da itlarni uchirish orqali kosmos da uzoq uchish paytida organizmda sodir boʻladigan oʻzgarishlar va kosmik kema biologik sistemasi tekshirib koʻriddi. B. orqali olingan maʼlumotlar kosmik uchish apparatlaridagi avtomatik sistemalarni insonning hayoti uchun qulayligini aniklash va xavfli vaziyat paydo boʻlganida tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |