Biologik preparatlar, biopreparatlar — qishloq xoʻjaligida hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklariga diagnoz qoʻyish, kasalliklarning oldini olish, davolash, mahsuldorligini oshirishda, shuningdek oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tuproqunumdorligini oshirishda qoʻllanadigan biologik vositalar. Veterinariyada Biologik preparatlar ning quyidagi turlari mavjud: davolash uchun (maxsus giperimmunli zardoblar, gammaglobulinlar); kasalliklarning oldini olish uchun (vaksinalar, anatoksinlar); diagnostika uchun (allergenlar, antigenlar, diagnostik zardoblar, bakteriofaglar), stimulyatorlar (hayvonlar qon zardobi, boʻgʻoz biyalar qon zardobi, V12 vitamini va b). Oʻzbekistonda Biologik preparatlar Davlat biologiya kombinatida, ilmiy tadqiqot institutlarida, veterinariya lab.larida har bir turdagi preparatlar uchun yagona boʻlgan uslub boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan texnikmeʼyoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqariladi. Biologik preparatlar ning tayyorlanishi va chiqarilishini mazkur korxona va muassasalarning biologiknazorat boʻlimi yoki nazorat lab., shuningdek Veterinariya preparatlari davlat ilmiynazorat lab. nazorat qiladi.

Biologik preparatlar ekinlarini va daraxtzorlarni zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan himoya qilishda spora hosil qiluvchi entomopatogen bakteriyalar (dendrobatsillin, entobakterin, dipel va boshqalar) asosida tayyorlangan bakterial preparatlar qoʻllanadi. Dalalar, pichanzorlar, bogʻlarni, omborlarni kemiruvchilar (sichqon, kalamush va boshqalar)dan himoya qilishda bakterodensidlar ishlab chiqariladi. Tuproq unumdorligini oshirishda nitragin va boshqalardan foydalaniladi (qarang Bakterial oʻgʻitlar).

Biologik preparatlar ning atrof muhit va inson uchun xavfi kam boʻlib, tanlab taʼsir etadi va biotsenozdat tabiiy aloqadorlikni buzmaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil