Biosavarlaplas qonuni — oʻtkazgichdan oʻtayotgan elektr toki bilan u hosil qilgan magnit maydoni kuchlanganligi orasidagi munosabatni ifodalovchi qonun. Bu qonunni 1820-yilda J. B. Bio va F. Savar topgan.

Tokli o`tkazgichlarda erkin elektronlar bo`lgani sababli tok o`tadi. Shuning uchun magnit maydonini harakatlanayotgan zarra hosil qiladi yoki elektr maydoni siljiganda magnit maydoni hosil bo`ladi. Shu maydonni hisoblash uchun Bio, Savar va Laplaslar ish olib borishgan.

Bio va Savar turli shakldagi tokli o`tkazgichlarni elektr maydonida tekshirib magnit induksiya tok kuchi I ga to`g`ri proportsional va o`tkazgichgacha bo`lgan masofaga teskari proportsionalligini tushunishgan. Laplas ixtiyoriy shakldagi tokli o`tkazgichlar atrofida nuqtalar uchun magnit induksiyasini aniqlash imkonini beradigan formula taklif qilgan.

Laplas maydonlar superpozitsiya prinspidan foydalanib shunday xulosaga keldi: bir necha toklar hosil qilayotgan natijaviy maydon har bir tok hosil qilayotgan maydonning natijaviy geometric (vector) yig`indisiga teng bo`lar ekan. Laplas birinchi bolib tok elementi tushunchasini kiritdi.

Ixtiyoriy shakldagi o`tkazgichni ixtiyoriy elementar dl  bo`lakka ajratish mumkin. Elementar bo`lakcha dl  tok kuchi I ga ko`paytmasini, ya`ni tok oqayotgan tomonga yo`langan I dl  vector kattalikni tok elementi deb atadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil