Biotit
mineral
Biotit — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K (Mg, Fe)3[AlSi3)(OH F)2. Mineral fransuz olimi J. B. Bio nomiga qoʻyilgan. Olti qirrali, yaxshi shakllangan, taxlangan varaqilarga oʻxshash agregatlar hosil qiladi. Rangi qora, qoʻngʻir, yashilsimon qoʻngʻir. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5—3,5. S. ogʻ. 2,7—3,3. Kattaligi 7 m² gacha keladigan kristallari pegmatit tomirlarda uchraydi. Otqindi va metamorfik jinslar orasida tarqalgan. B. elektr issiklik izolyatorlari sifatida ishlatiladi. B. kukunidan bronza boʻyogʻi tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda juda keng tarqalgan. RF (Ural, Uzoq Sharq), Ukrainada katta konlari bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |