Bir yillik ekinlar – rivojlanish sikli (urugʻi ekilgandan to yangi urugʻ yetilguncha boʻlgan davr)ni bir yilda tugallaydigan oʻsimliklar. Bularga dukkaklilar, gʻalladon ekinlar, pomidor, baqlajon, qalampir, ismaloq, salat va boshqalar kiradi. Bir yillik ekinlar orasida asosan, oʻtsimonlar boʻlib, mevalari (urugʻi) pishib yetilgandan soʻng poya va palaklari quriydi. Ayrimlarini iqlim sharoitiga qarab koʻp yillik ekin sifatida oʻstirish ham mumkin. Meva, pomidor tropik rayonlarda koʻp yillik oʻsimlik sifatida ekiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil