Birinchi Bulgʻor podsholigi
Birinchi Bulgʻor podsholigi — Bolqon yarim orolning shimolida mavjud boʻlgan ilk slavyanbulgor davlati (681— 1018). Kds. bulgʻor qabilalari Asparux yetakchiligida 7 slavyan qabila ittifoqini tobe qilib, ular istiqomat qilgan hududlarni Vizantiya asoratidan xalos etgach, tashkil topgan. Poytaxti— Pliska shahri, 893 yildan — Preslav shahri Bulgʻorlar 865 y. xristian dinini qabul qilishgan. Simeonshoh davrida yuksak darajada kuchqudratga erishgan. 969 yil Sharqiy va Gʻarbiy Bulgʻor podsholigiga boʻlinib ketgan. 1018 yil Vizantiya tomonidan zabt etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |