Birinchi Panipat jangi 1526-yil 21-aprelda Temuriy podshoh Bobur qoʻshinlari bilan Loʻdiylar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang[1][2]. Bu jang Shimoliy Hindistondagi Panipat yaqinida boʻlib oʻtgan va Boburiylar imperiyasining boshlanishi hamda Dehli sultonligining tugashiga sabab boʻlgan[3]. U Hindiston yarimorolidagi poroxli oʻqotar qurollar va dala artilleriyasi ishtirokidagi eng dastlabki janglardan biri boʻlib, mazkur jangda poroxli qurollar Boburiylar tomonidan ishlatilgan.

Jangning boshlanishi

tahrir

Bobur Samarqandni ikkinchi marta boy berganidan keyin 1519-yilda Chenob qirgʻoqlariga yetib borar ekan, Hindistonni zabt etishga eʼtibor qaratgan. 1524-yilgacha uning maqsadi faqat Panjobdagi oʻz hukmronligini kengaytirish, asosan ajdodi Amir Temurning merosini qaytarish boʻlgan. Chunki bu hudud ilgari Temuriylar imperiyasining bir qismi hisoblangan. Oʻsha paytda Shimoliy Hindistonning katta qismi Loʻdiylar sulolasidan boʻlgan Ibrohim Lodi hukmronligi ostida edi, biroq imperiya parchalanib ketayotganligi sababli qochqinlar koʻp boʻlgan. U oʻzini mamlakat taxtining qonuniy vorisi deb eʼlon qilib, Ibrohimning huzuriga elchi yuboradi, biroq elchi Lahorda hibsga olinib, bir necha oy oʻtgach qoʻyib yuborilgan.

Jang davomida

tahrir

Ibrohim qoʻshini koʻpligini eshitgan Bobur, chap qanot qoʻshinlarini mustahkamlash uchun daraxt shoxlari bilan oʻralgan xandaq qazigan. U markazda arqon bilan bogʻlangan 700 ta aravani joylashtirgan. Har ikki arava orasida toʻpchilar uchun joy ajratilgan. Bobur oʻz askarlari uchun qurol va oʻq otishga yetarli joy boʻlishini ham hisobga olgan. Bobur bu usulni ilgari Choldiron jangida Usmoniylar tomonidan qoʻllangani uchun „Usmonli qurilmasi“ deb atagan.

Ibrohim Lodi qoʻshini yetib kelgach, Bobur qoʻshiniga yaqinlashish yoʻli hujum qilish uchun juda tor ekanligini koʻradi. U qoʻshinlarini qayta joylashtirgan boʻlsa, Bobur tezda vaziyatdan foydalanib, Lodi qoʻshinining yoniga oʻtib olgan. Ibrohim Lodining qoʻshinining katta qismi harakatlana olmay, jang boshidanoq qochib ketishgan. Ibrohim Lodi chekinmoqchi boʻlganida oʻldirilgan va boshi kesilgan. Jangda 20 000 Lodi askari halok boʻlgan.

Oqibatlari

tahrir

Ibrohim Lodi 20 000 askar bilan jang maydonida halok boʻlgan. Panipat jangi harbiy jihatdan temuriylarning hal qiluvchi gʻalabasi hisoblangan. Siyosiy jihatdan u Boburga yangi yerlarni qoʻlga kiritishda va uning Hindiston yarimoroli markazida uzoq muddatli Boburiylar imperiyasini barpo etishi uchun yangi bosqichni boshlab bergan.

Manbalar

tahrir
  1. https://www.britannica.com/topic/Battles-of-Panipat
  2. Watts 2011, p. 707. ^ a b c d Chandra 2009, p. 30. ^ a b c d Military history of India pg.50 by Jadunath Sarkar ^ a b Military history of India p. 52 by Jadunath Sarkar ^ Butalia 1998, p. 16. ^ Chandra 2009, pp. 27-31. ^ a b Mahajan 1980, p. 429. ^ Eraly 2007, pp. 27-29. ^ Chaurasia 2002, pp. 89-90. ^ a b c Chandra 2007, p. 27. ^ a b Chandra 2007, p. 28. ^ Chandra 2009, p. 29. ^ Chandra 2009, pp. 30-31
  3. Butalia 1998 , p. 16.

Adabiyotlar

tahrir
  • Butalia, Romesh C. (1998). The Evolution of the Artillery in India: From the Battle of Plassey to the Revolt of 1857. Allied Publishing Limited.
  • Chandra, Satish (2009). Medieval India: From Sultanat to the Mughals, Part II. Har-Anand Publications. ISBN 9788124110669.
  • Chaurasia, Radhey Shyam (2002). History of medieval India : from 1000 A. D. to 1707 A. D. Atlantic Publisher.
  • Davis, Paul K. (1999). 100 Decisive Battles: From Ancient Times to the Present. Oxford University Press. ISBN 1-57607-075-1.
  • Mahajan, V. D. (1980). History of medieval India (10th ed.). S. Chand.
  • Watts, Tim J. (2011). „Battles of Panipat“. In Mikaberidze, Alexander (ed.). Conflict and Conquest in the Islamic World: A Historical Encyclopedia. ABC-CLIO.
  • Government of Haryana (11 June 2010). „First Battle of Panipat (1526) | Panipat, Haryana“. Government of Haryana. Retrieved 28 November 2018.