Birjand[1] (forscha: بیرجند, shuningdek, Bīrjand va Birdjand nomi bilan romanizatsiya qilingan)[2] — Eronning Janubiy Xuroson viloyatining markazi. Shahar oʻzining zaʼfaron, zirk, jujube va qoʻlda toʻqilgan gilam eksporti bilan mashhur[3]. Birjand 2013-yilda 187 020 aholiga ega edi[4].

Birjand
Shahar
Eron
Bayroq
32°51′59″N 59°13′16″E / 32.86639°N 59.22111°E / 32.86639; 59.22111
Mamlakat Eron
Asos solingan XIII asr
Vaqt mintaqasi UTC+3:30 IRST
Birjand xaritada

Tarixi

tahrir
 
Birjanddagi kazaklar, taxminan 1909-yil.

Tarixiy adabiyotlarda shahar haqidagi ilk maʼlumot Yoqut Homaviyning (XIII asr) mashhur „Mojem Alboldan“ kitobida uchraydi. Unda Birjand Qohistondagi eng goʻzal shahar sifatida keltirilgan. Bundan oldin Birjand shahar sifatida emas, balki qishloq birlashmasi sifatida katta va muhim oʻringa ega boʻlgan. Biroq Birjand geografik hududi Birjand shahri paydo boʻlishidan ancha oldin oʻzining tarixiy va siyosiy ahamiyatiga ega edi[5].

Iqlimi

tahrir

Birjand sovuq yarim qurgʻoqchil iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi BSk). Kunduzgi va tungi harorat oʻrtasida sezilarli farq bor. Yogʻingarchilik asosan qish va bahor oylarida kuzatiladi.

Davlat xizmatlari

tahrir

Munitsipalitet

tahrir

1310-yilda Hakim Nazariy maqbarasi yonida Birjand munitsipaliteti ochilib, 12 nafar xodim bilan faoliyatini boshlagan. Birjandning birinchi hokimi janob Afshar bo‘lib, olti yil hokimlik qilgan[6].

Universiteti

tahrir

1975-yilda doktor Muhammad Hasan Ganjidan soʻng Assadolloh Alam vaqf soligʻidan toʻplangan pulga Birjand oliy taʼlim instituti tashkil etildi. Ushbu universitet matematika, fizika va kimyo yoʻnalishlari boʻyicha 120 talabani qabul qilish bilan boshlangan va hozirda rasman Birjand universiteti sifatida tanilgan[7].

Aeroporti

tahrir

Birjand shahri va mamlakat sharqidagi siyosiy va harbiy vaziyat tufayli shahar shimolidagi 150 gektar maydonda Birjand aeroporti tashkil etilgan[8][9].

Bojxona

tahrir

Hindiston va Afgʻoniston subkontinentiga tovarlarni tashish, eksport qilish va import qilishni osonlashtirish uchun Birjand bojxona boshqarmasi tashkil etilgan. Bu bojxona oʻz faoliyatini Dareh va Gezik bojxona boʻlinmalari bilan boshlagan[10].

Imom Rizo kasalxonasi

tahrir

Bog‘i Anoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan Alam oilasiga tegishli yer va vaqflardan birida Imom Rizo kasalxonasi tashkil etilgan. Bu shifoxona Birjand shahridagi bemorlardan tashqari, Xuroson viloyatining janubiy shaharlaridagi boshqa bemorlarni ham qabul qilgan[11].

Taʼlim

tahrir

Ayrim manbalarda XIX asr oʻrtalarida Birjanddagi Shokatiya maktabi Tehrondagi Dorilfunun bilan birga Erondagi birinchi zamonaviy davlat oliy taʼlim maktablari boʻlgan.

Shaharda quyidagi universitetlar va ilmiy muassasalar mavjud:

  • Birjand universiteti [12]
  • Birjand Texnologiya Universiteti [13]
  • Birjand tibbiyot fanlari universiteti [14]
  • Payame Nur universiteti [15]
  • Birjand Islomiy Azad universiteti [16]
  • Amaliy fan va texnologiya universiteti (janubiy Xuroson filiali)
  • Tarbiati Muallim akademiyasi
  • Amuzeshi Ali akademiyasi
  • Amuzeshi Mudiriat Dolaty akademiyasi
 
Birjandning balanddan koʻrinishi, 2006-yil

Taniqli odamlar

tahrir
  • Abd al-Ali al-Birjoniy XVI asr falakshunos olimi
  • Hakim Nezari Quhestoniy
  • Ibn Hessam Xusfiy
  • Amir Shokat Ul-Molk Alam
  • Amir Ali Xon Sheybani PhD, Zob Ahan Esfahan (Esfahan Steel Company) asoschisi va birinchi bosh direktori
  • Sayid Muhammad Tadayyon
  • Asadolloh Alam Pahlaviylar sulolasi davrida Eron bosh vaziri
  • Sayyid G‘ulom Rizo Saidiy yozuvchi
  • Muhammad Xaggou bastakor
  • Sima Bina Eron milliy musiqasi xonandasi
  • Ahmad Kamyabi Mask yozuvchi va taniqli teatr olimi
  • Murtazo Hassanpur birinchi eronlik erkak hamshira
  • Muhammad Hasan Ganji geograf
  • Muhammad Ismoil Rezvoniy tarixchi
  • Muhammad Rizo Hafizniya
  • Gʻulom Husayn Shokouey
 
Birjanddan 5 km janubda joylashgan Band Darreh
  • Kazem Motamadnejad
  • Shoh Sayid Ali Kazimi Pahlaviylar sulolasi davrida Moud va Birjanddagi rahbar
  • Muhammad Husayn Oyatiy
  • Sayid Hasan Tahamiy
  • Ardalan Shoja Kaveh aktyor

Manbalar

tahrir
  1. Naghizadeh, Mohammad Sadegh; Naseri, Mohsen; Fereyduni, Mohammad; Ziaee, Masoud; Tane, Abdolghader; Safari, Hamidreza; Mahavar, Neda; Mahdavi, Roya et al. (2018-04-01). "Single Nucleotide Polymorphism of the Interferon-γ Gene (IFN-γ +874 T/A) and the Prognosis of Hepatitis B Infection". Journal of Medical Microbiology and Infectious Diseases 6 (2): 43–47. doi:10.29252/jommid.6.2.3.43. ISSN 2345-5349. http://dx.doi.org/10.29252/jommid.6.2.3.43. 
  2. Birjand can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3056455" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  3. „Cities in Iran: 2005 Population Estimates“. Mongabay.com.
  4. „Archived copy“. 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
  5. Research articles collection (archaeology, ancient inscriptions): Lakh-Mazar, Birjand.
  6. „New Page 1“ (2008-yil 21-noyabr). 2008-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  7. „University of Birjand“ (en). University of Birjand. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  8. Flightradar24. „Live Flight Tracker - Real-Time Flight Tracker Map“ (en). Flightradar24. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  9. „فرودگاهها“ (2008-yil 2-mart). 2008-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  10. „برخى از گياهان داروئى شهرستان بيرجند و خواص درمانى آنها“ (2008-yil 21-noyabr). 2008-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  11. „New Page 1“ (2008-yil 21-noyabr). 2008-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  12. „دانشگاه بیرجند - نگین آموزش عالی شرق کشور“.
  13. „دانشگاه صنعتی بیرجند | تنها دانشگاه صنعتی شرق کشور“. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  14. „دانشگاه علوم پزشکی بیرجند“. 2007-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  15. „سامانه خدمت دانشگاه پیام نور استان خراسان جنوبی“. www.skpnu.ac.ir. 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-aprel.
  16. „Islamic Azad University of Birjand (MMD)“. 2006-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-iyul.