BIRLAMCHI OGʻIZLILAR (Protostomia) — ikki tomonlama simmetriyalilarga mansub boʻlgan haqiqiy koʻp hujayrali hayvonlar. Umurtqasiz hayvonlarning koʻpchilik tiplari (yassi chuvalchanglar, birlamchi tana boʻshliqlilar, tikanboshlilar, nemertinlar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagichlar) kiradi. Birlamchi ogʻizlilar ning ogʻiz teshigi boshlangʻich ogʻiz (blastopor)dan yoki uning oldingi qismidan vujudga keladi, anal teshigi qaytadan tananing orka qismida hosil boʻladi; tashqi skeleti (kutikulasi, xitini yoki chigʻanogʻi) bor; oldingi va orqa ichaklari ektodermadan tashkil topadi.

Birlamchi ogʻizlilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Protostomia

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil