Birlashgan qoʻshma operativ guruh - „Oʻzgarmas qaror“ operatsiyasi

Birlashgan qoʻshma operativ guruh — „Oʻzgarmas qaror“ operatsiyasi (inglizcha: Combined Joint Task Force – Operation Inherent Resolve (CJTF–OIR)) — AQSh boshchiligidagi 30 dan ortiq mamlakatlarni oʻz ichiga olgan IShIDga qarshi kurash boʻyicha xalqaro koalitsiya tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi organ[6].

Birlashgan qo'shma operativ guruh - "O'zgarmas qaror" operatsiyasi
Combined Joint Task Force – Operation Inherent Resolve
Qismi hisoblanadi AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi
Mafkurasi kontrterrorizm
Shtab-kvartirasi Quvayt bayrogʻi Quvayt[1][2]
Tuzilgan vaqti 2010-yil 10-oktabr[3][4][5]
Ishtirok etgan nizolari IShID ga qarshi harbiy operatsiya
AQSh va ittifoqchilarining Iroqqa aralashuvi
AQSh va ittifoqchilarining Suriyaga aralashuvi
Sayti inherentresolve.mil

Tarixi

tahrir

BQOG-OʻQO 2014-yilning yozida IShIDga qarshi urushda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun AQSh Markaziy qoʻmondonligi tomonidan yaratilgan[7]. Guruh doirasidagi birinchi konferensiya 2014-yil dekabr oyining birinchi haftasida boʻlib oʻtdi[8]. Olti yillik qizg‘in faoliyat davomida operatsiya doirasida 12 mingdan ortiq iroqlik harbiy xizmatchilar o‘qitildi, Iroqning 28 brigadasi IShIDga qarshi kurash uchun asbob-uskunalar oldi, 4 million aholi xalifa Bagʻdodiy boshchiligidagi terrorchi jangarilar hukmronligidan ozod qilindi, Iroqning oʻzida 55.000 kvadrat kilometrdan koʻproq maydon ozod qilingan[9]. Shuningdek, aksilterror koalitsiyasining havo hujumlari paytida yoʻq qilingan 45 000 dan ortiq nishonlar topildi[10].

Tinch qurbonlari

tahrir

2019-yil aprel oyida Amnesty International xalqaro nohukumat tashkiloti Rakka uchun to‘rt oylik janglarda 1600 ga yaqin tinch aholi halok bo‘lganini maʼlum qildi[11][12]. AQSh hukumati boshqa raqamlarni keltiradi: tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, 1291 kishi Amerika zarbalari qurboni boʻlgan[13][14][15][16].

Boshqaruv

tahrir

2019-yil sentabr oyida tezkor guruhga AQSh armiyasi general-leytenanti Robert Uayt boshchilik qiladi. Uning ikkita oʻrinbosari bor — strategik rejalashtirishga mas’ul boʻlgan britaniyalik general-mayor Jerald Striklend va razvedka bilan shugʻullanuvchi AQSh harbiy-havo kuchlari general-mayori Aleks Grinkevich.

2020-yil yanvar oyida Robert Uayt Twitter orqali rasmiy bayonot berdi va u yerda koalitsiyaning ustuvor yoʻnalishi IShIDga qarshi kurash boʻlib qolishini taʼkidladi[17]. 2020-yil avgustiga kelib, terrorchi xalifalikka bay’at bergan jangarilar soni 10 000[18] ga kamaydi.

Qoʻshin komandirlari

tahrir
Ism
(hayot yillari)
Portret Unvoni Qoʻshin turi Vakolat muddati
Kirishgan Chiqib ketgan
1 Jeyms Terri
(1957-yilda tugʻilgan)
  General-leytenant AQSh armiyasi 2014 yil yozi 2015-yil yozi
2 Shon Makfarlend(1959-yida tugʻilgan)   General-leytenant AQSh armiyasi 2015-yil yozi 2016-yil yozi
3 Stiven Taunsend
(1959-yilda tugʻilgan)
  General-leytenant AQSh armiyas 2016-yil yozi 2017-yil yozi
4 Pol Funk II
(1962-yilda tugʻilgan)
  General-leytenant AQSh armiyasi 2017-yil yozi 2018-yil yozi
5 Pol La Kamera
(1963-yilda tugʻilgan)
  General-leytenant AQSh armiyasi 2018-yil yozi 2019-yil yozi
6 Robert Uayt
(1963-yilda tugʻilgan)
  General-leytenant AQSh armiyasi 2019-yil yozi 2020-yil yozi
7 Pol Kalvert   General-leytenant AQSh armiyasi 2020-yil yozi 2021-yil yozi
8 Jon Brennan   General-mayor AQSh armiyasi 2021-yil yozi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining maxsus vakillari

tahrir
Ism
(hayot yillari)
Portret Unvoni Qoʻshin turi Vakolat muddati
Kirishgan Chiqib ketgan
1 Jon Allen
(1953-yilda tugʻilgan)
  General Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari korpusi 2014-yil kuzi 2015-yil kuzi
2 Brett MakGurk
(1973-yilda tugʻilgan)
  diplomat AQSh Davlat departamenti 2015-yil kuzi 2019-yil bahori
3 Jeyms Jeffri
(1946-yilda tugʻilgan)
  diplomat AQSh Davlat departamenti 2019-yil bahori 2020-yil kuzi
4 Natan Sales
(1970-yilda tugʻilgan)
  yurist AQSh Davlat departamenti 2020-yil kuzi 2021-yil bahori
5 Jon Kirbi
(1963-yilda tugʻilgan)
  admiral AQSh Mudofaa vazirligi 2021-yil bahori

Manbalar

tahrir
  1. „4,600 international troops pledged to train Iraqi forces“. Military Times (2014-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  2. Georgy, Michael „Militants attack government forces near Iraq's Baiji refinery“ (deadlink). Reuters (2015-yil 13-iyun). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  3. „Defense.gov News Article: DoD Authorizes War on Terror Award for Inherent Resolve Ops“. Defense.gov. Qaraldi: 2014-yil 1-dekabr.
  4. „Inside the Coalition to defeat ISIL“. Combined Joint Task Force — U.S. Department of Defense (2015-yil 21-aprel). 2015-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-aprel.
  5. Kohn, Sally „Warren and Christie Are the Anti-Hillarys“. The Daily Beast (2014-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  6. JECC Public Affairs (2015-yil 13-yanvar). „JECC assists in the establishment of Combined Joint Task Force – Operation Inherent Resolve“. Press-reliz. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
  7. Pomerleau, Mark. „Can the US really destroy terrorist groups like ISIS?“. The Hill (2015-yil 14-avgust).
  8. Ripley, Tim. „US sets up new headquarters for Operation 'Inherent Resolve'“. IHS Jane's Defence Weekly (2014-yil 9-dekabr).
  9. U.S. Central Command (2015-yil 1-may). „Counter-ISIL military coalition concludes operational planning conference“. Press-reliz. 13-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  10. Everstine, Brian. „Operation Inherent Resolve: One year after the first bombs fell“. AirForce Times (2015-yil 7-avgust).
  11. „Groups say airstrikes by US-led coalition killed 1,600 civilians in Raqqa“. MilitaryTimes (2019-yil 25-aprel).
  12. „At least 1,600 civilians died in US-led Coalition actions at Raqqa, major new study finds“. Airwars (2019-yil 25-aprel).
  13. „US-led coalition 'killed 1,600 civilians' in Syria's Raqqa“. aljazeera.com. Aljazeera (2019-yil 25-aprel).
  14. Martinez, Luis. „Coalition strikes killed 1,600 civilians in Raqqa says new report“. abcnews.go.com. abcnews (2019-yil 25-aprel).
  15. Hansler, Jennifer; Browne, Ryan. „Report: US-led coalition killed 1,600 civilians in Raqqa in 2017“. edition.cnn.com. CNN (2019-yil 25-aprel).
  16. „IS conflict: Coalition strikes on Raqqa 'killed 1,600 civilians'“. bbc.com. BBC (2019-yil 25-aprel).
  17. White, Lt Gen Pat „Force protection is our #1 priority. Period. I’ve ordered @CJTFOIR to focus on security for all personnel. Full @CJTFOIR statement here:pic.twitter.com/qeDql3xTg7“ (en). @iiicorps_cg (2020-yil 5-yanvar).
  18. „Over 10,000 Islamic State fighters active in Iraq, Syria as attacks 'significantly' increase: UN“. Military Times (2020-yil 25-avgust).