Bishkek gumanitar universiteti
Bishkek gumanitar universiteti — Qirgʻiziston Respublikasining poytaxti Bishkek shahrida joylashgan va 1979-yilda asos solingan universitet[1].
Turi | universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1979-yil |
Rektori | Musayev Abdilda Inayatovich |
Fakultetlar | 9 ta |
Talabalari | 9000 |
Joylashuvi |
Bishkek , Qirgʻiziston |
Veb-sayti | bhu.kg |
Universitet tuzulishi
tahrirHozirgi kunda universitet uchta institut, 9 fakultet, kollej va litseydan iborat. Universitet 28 ta mutaxassislik boʻyichabakalavrlar va magistrlarni tayyorlaydi[2].
Tarixi
tahrirUniversitet dastlab 1979-yilda SSSR Vazirlar Kengashining qarori bilan ochilgan Frunze rus tili va adabiyoti pedagogik instituti sifatida faoliyatini boshlagan[3][4].
1992-yil 17-iyunda universitet Davlat tillar va gumanitar fanlar institutiga aylantirildi.
Qirgʻiziston hukumatining 1994-yil 8-maydagi qaroriga binoan taʼlim muassasasi hozirgi nomiga ega boʻldi. Akademik Kusein Karasaev (1901-1998) qirgʻiz va sovet tilshunosi, leksikograf, qituvchis, adabiyotshunos, folklorshunos olim boʻlgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Bishkek Humanities University“. University Directory. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „Bishkek Humanities University“. 4icu. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „Bishkek Humanities University in Kyrgyz Presents Honorary Doctorate“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-09-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Bishkek Humanities University (BHU)“. Classbase. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „University history“. BHU. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.