Gidrosulfitlar, bisulfitlar —sulfit kislota H2SO3 ning nordon tuzlari, mas, KHSO3. Gidrosulfitlar quyidagi reaksiyada hosil boʻladi: K2CO3+2SO2+H2O-"2KHSO3+CO2T. H2SO3 ning aksari oʻrta tuzlari —sulfitlarga qarshi oʻlaroq, barcha gidrosulfitlar suvda yaxshi eriydi, eritmalarda havo kislorodi bilan sekin-asta sulfatlargacha oksidlanadi. Natriy yoki kaliy gidrosulfitlar qizdirilganda pirosulfitlar (metabi-sulfitlar) hosil boʻladi: 2KHSO3=K2S2O5+H2O. Natriy gidrosulfitlar (NaHSO3) fotografiyada hamda turli materiallarni oqartirish maqsadida, kalsiy gidrosulfitlar Ca(HSO3)2 yogʻochdan sellyuloza olishda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil