Bitig
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
bitig (بتیک)
(1) tilsh. yozuv: Qamuγ eδgü sözlär bitigdä bolur, / Bitinmiš üčün söz unïtmas qalur. – Barcha ezgu soʻzlar yozuvda boʻladi, / Yozilgan boʻlgani uchun soʻz unutilmaydi, (mangu) qoladi (QBN.101a,10);
(2) adab. kitob; asar: Sözüm sözlädim men, bitidim bitig. – Men soʻzimni soʻzladim, kitob yozdim (QBN.19b,8);
(3) xat, maktub: Davāt quldï, kāγid, bitidi bitig, / Bitig birlä etti išinkä etig. – Davot va qogʻoz soʻradi, maktub yozdi, / Maktub bilan ishiga zamin hozirladi (QBN.118b,1);
(4) hujjat: Bilir bolsa tegmä bu türlüg bitig, / Anïn saqlasa, ötrü qïlsa etig. – (Hisobchi) har turli hujjatlarni biladigan boʻlsa, / Shu bilan ziyraklansa, soʻng ish qilsa (QBN.104a,5);
(5) xotira: Ölürin bilip qïlmïš özkä etig / Bitip qoδmïš atïn tirigkä bitig. – Oʻlishini bilib oʻziga hozirlik koʻrgan (kishi) / Otini tiriklar uchun xotira qilib yozib qoldiradi (QBN.16b,5);
(6) tumor: Bu aymïš: bitig tutsa, yeklär yïrar. – Bu [yaʼni azayim- xon] aytadi: tumor tutsa, jinlar qochadi (QBN.158a,3)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ «ҚУТАДҒУ БИЛИГ» СЎЗЛИГИ. ҚОСИМЖОН СОДИҚОВ.