Bitiniyalar (Bithynia) -chuchuk suvlarda yashovchi oddjabrali mollyuskalar urugʻi. Chigʻanogʻining balandligi 15 sm gacha, tuxumsimon yoki oval konussimon, silliq, baʼzan spiral shaklda. 20 ga yaqin turi maʼlum. B. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan, Shim. Amerikada ham uchraydi. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlardagi oʻsimliklar va toshlarning ustida, suv tubidagi loyda yashaydi. Ayrim turlari parazit chuvalchanglar, asosan soʻrgʻichlilarning oraliq xoʻjayini, mas, V. Leachi odam va umurtqali hayvonlar paraziti — mushuk ikki soʻrgʻichlisining oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Oʻzbekistondagi suv havzalarida B.ning bir necha turi tarqalgan.

Bitiniyalar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Bithynia

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil