Biyanxu
Biyanxu (xitoycha Bo Yanxu, Bay Yanxu) (71882) - 19-asr 6070- yillarida doʻngon (xueyszu) xalqining Shim.Gʻarbiy Xitoydagi Sin sulolasi zulmiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri. Sianfu (Shensi viloyati)da, dehqon oilasida tugʻilgan. 1862-yildan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan va 1868-yilga kelib uning rahbarlaridan biriga aylangan. Shensi viloyatidan chekinib, Gansu viloyatida 1869—72 yillarda kurash olib borgan. Xitoyning ichki viloyatlarida qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragach, B. qolgan kuchlar bilan (1872-yil oxiri — 1873-yil boshlari) Sinszyanga chekinib uygʻurlar bilan hamkorlikda sin qoʻshinlariga qarshi kurashni davom ettirgan. Sinszyandagi qoʻzgʻolon tormor keltirilgach, B. 5 ming kishilik qoʻshini bilan 1877-yil Rossiya hududiga oʻtib ketgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |