Biznes konsultant (lotinchadan consultare, „muhokama qilish“) biror sohada professional yoki ekspert darajasida maslahat bera oluvchi mutaxassisdir.[1] U Xavfsizlik (Elektron yoki jismoniy), Boshqaruv, Buxgalteriya, Huquq, Kadrlarni boshqarish (HR), Marketing, Moliyaviy nazorat, Muhandislik, Raqamli transformatsiya, Krizisdan chiqish kabi ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha alohida konsultatsiyalovchi shaxsdir.

Konsultant odatda biror sohaning yetuk mutaxassisi oʻlaroq oʻsha sohada keng bilim va tajribaga ega boʻladi. Konsultantlat oʻz mijozlarining vaqtini tejaydi, daromadi ortishiga koʻmaklashadi va resurslari tejalishi hamda samarali foydalanilishini koʻzda tutadi.[2] Konsultantlar odatda ikkiga boʻlinadi (tibbiyot sohasdi konsultantlaridan tashqari):

  • Ichki konsultant — korxona tomonidan maosh evaziga ishga olingan va kompaniya ichidagina faoliyat olib boruvchi va ayni paytda boshqa xodimlar va/yoki kompaniya boʻlimlari tomonidan oʻzi ham konsultatsiya qilinishi (mijoz sifatida) mumkin boʻlgan kishi.
  • Tashqi konsultant — biror shaxs yoki korxona tomonidan tashqaridan yollangan, bilimlari maxsus bir soha boʻyicha cheklangan va vaqtinchalik, toʻlov evaziga maʼlum muddat faoliyat olib boruvchi shaxs. Tashqi konsultantlar odatda bir nechta mijozlarga xizmat koʻrsatishi mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. https://www.dictionary.com/browse/consultant
  2. Pieter, Tordoir. The professional knowledge economy: the management and integration services in business organizations, 1995 — 140-bet. 

Havolalar

tahrir