Blastoderma
Blastoderma (blasto... va yun. derma — qobiq, teri) — blastula devorini hosil qiluvchi va blastotselni oʻrab turuvchi bir qavat yoki bir necha qavat boʻlib joylashgan hujayralar (toʻliq maydalanishda, q. Seloblastula) yoki maydalanmasdan qolgan sariq modda (sirt maydalanishida, q. Periblastula), shuningdek diskoidal maydalanishda diskoblastula qopqogʻini hosil qiluvchi hujayralar qavati.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |