Blazar – faol gallaktika yadrosi boʻlib, deyarli yorugʻlik tezligida harakatlanuvchi ionlangan materiyadan tashkil topgan kvazarlar yigʻindisi. Blazarlar tomonidan yerga yetib kelayotgan nurlar elektromagnit nurlanishi tufayli ularni ancha yorqinroq koʻrinishga olib keladi[1]. Blazarlar elektromagnit spektr boʻylab kuchli emissiya manbalari boʻlib, yuqori energiyali gamma nurlari fotonlarining manbalari sifatida ham kuzatiladi. Blazarlar juda oʻzgaruvchan manbalar boʻlib, koʻpincha qisqa vaqt oraligʻida (soatdan kungacha) yorqinlikning tez va keskin oʻzgarishiga duchor boʻladi. Baʼzi blazar reaktivlari superlyuminal(vakuumdagi yorugʻlik tezligidan yuqoriroq boʻlgan tezlik) harakatlanadi, bu reaktivdagi materialning kuzatuvchi tomon deyarli yorugʻlik tezligida harakatlanishining yana bir natijasidir.

Blazar toifasiga BL Lac obyektlari va OVV kvazarlari kiradi. Umumiy qabul qilingan nazariya shundan iboratki, BL Lac obyektlari past radioaktivli kvazarlar, OVV kvazarlari esa kuchli radioaktivli kvazarlardir. Blazar nomi 1978-yilda astronom Edvard Shpigel tomonidan ushbu ikki sinfning kombinatsiyasini nomlash uchun yaratilgan[2].

Teleskopdan olingan tasvirlarga koʻra toʻlqin uzunligidagi bir qancha blazarlar ixcham va nuqtadek koʻrinadi, ammo su’niy yoʻldoshning elektron telekoplaridan olingan yuqori aniqlikdagi tasvirlar ular elliptik galaktikalar markazlarida joylashganligini koʻrsatadi[3].

Blazarlar astronomiya va astrofizikadagi muhim tadqiqot mavzularidan biri hisoblanadi. Blazar tadqiqoti reaktivlar, markaziy supermassiv qora tuynuklar va uning atrofidagi galaktikalar, shuningdek, yuqori energiyali fotonlar, kosmik nurlar va neytrnolar emissiyasini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.

2018-yil iyul oyida IceCube Neytrino Observatoriya jamoasi 2017-yil sentabr oyida Antarktidada joylashgan neytrino detektoriga urilgan neytronni 3,7 milliard yorugʻlik yili uzoqlikdagi blazarda kelib chiqish nuqtasiga qadar kuzatgan. Oʻsha kuzatuvda neytrino detektori kosmosdagi obyektni aniqlash uchun birinchi marta ishlatilgan[4][5][6].

Tuzulishi

tahrir

Blazarlar, barcha faol galaktik yadrolar singari, galaktikaning yadrosidagi katta massali qora tuynukga tushadigan materialdan quvvat oladi degan farazlar mavjud. Gaz, chang va vaqti-vaqti bilan yulduzlar soʻnib qora tuynukga aylanadi. Buning natijasida fotonlar, elektronlar, pozitronlar va boshqa elementar zarralar koʻrinishida juda katta energiyani hosil qiluvchi diskini yaratadi. Bu hududning nisbatan kichik oʻlchami taxminan 10−3 parsekni tashkil etadi.

Qora tuynukdan bir necha parsek masofaga choʻzilgan kattaroq shaffof boʻlmagan toroid ham mavjud boʻlib, unda yuqori zichlikdagi hududlarda katta miqdordagi gaz mavjud. Bu gazlar oʻz navabatida qora tuynuk atrofida bulutlarni tashkil qiladi va qora tuynukga yaqinroq boʻlgan hududlardan energiyani oʻzlashtirib, qayta chiqarishi mumkin. Olimlar bu bulutlarga blazar spektrida emissiya chiziqlari sifatida qarashadi.

Qora tuynuk atrofidagi diskiga perpendikulyar boʻlgan bir juft relativistik oqim yuqori energiyali plazmani galaktika yadrolaridan uzoqlashtiradi. Kuchli magnit maydonlar diskidan va toroiddan keladigan kuchli shamollarning kombinatsiyasi bilan jamlanadi. Qora tuynuk ichida yuqori energiyali fotonlar va zarralar kuchli magnit maydon bilan oʻzaro taʼsirlashadi. Ushbu relativistik harakatlar markaziy qora tuynukdan oʻnlab kiloparsekgacha choʻzilishi mumkin.

Bu hududlardagi barcha jarayonlar, asosan, juda past chastotali radionurlanishdan to energetik gamma nurlarigacha boʻlgan, baʼzi chastotalarda yuqori polarizatsiyaga (odatda bir necha foiz) ega boʻlgan termal boʻlmagan spektr shaklida turli xil energiya ishlab chiqarishi mumkin. Termal boʻlmagan kimyoviy jarayonlar gamma nurlari diapazonidagi sinxroron radionurlanishidan va rentgen nurlaridagi gamma-nurlarga teskari kompton emissiyasidan iborat. OVV kvazarlari ultrabinafsha nurlarida maksimal issiqlik spektri va zaif optik emissiya chiziqlari ham mavjud, ammo BL Lac obyektlarida bunday emissiya chiziqlari mavjud emas.

Manbalar

tahrir
  1. Urry, C. M.; Padovani, P. (1995). "Unified Schemes for Radio-Loud Active Galactic Nuclei". Publications of the Astronomical Society of the Pacific. 107: 803.. 
  2. Kellermann, Kenneth (2 October 1992). "Variability of Blazars". Science. 258 (5079): 145–146.. 
  3. Urry, C. M.; Scarpa, R.; O'Dowd, M.; Falomo, R.; Pesce, J. E.; Treves, A. (2000). "The Hubble Space Telescope Survey of BL Lacertae Objects. II. Host Galaxies". The Astrophysical Journal. 532 (2):. 
  4. „"It Came From a Black Hole, and Landed in Antarctica - For the first time, astronomers followed cosmic neutrinos into the fire-spitting heart of a supermassive blazar".“.
  5. „"Neutrino that struck Antarctica traced to galaxy 3.7bn light years away".“.
  6. „"Source of cosmic 'ghost' particle revealed".“.