Blisterli qadoq
Blisterli qadoq[1] (sinonimi – pufakchali qadoq) – kosmetika, uyali telefon aksessuarlari, dori -darmonlar kabi kichik va yengil mahsulotlar uchun ishlatiladigan plastik qadoqlash turi.
Bu qadoqlangan buyumning oʻlchami va shakliga mos ravishda qoliplangan shaffof plastik plyonka va qattiq bosmali substratdan iborat (plastmassa shaffof boʻlmasligi mumkin, lekin substrat metall folgadan tayyorlangan boʻladi – masalan, tabletka va kapsulalar shaklidagi dori-darmonlarni vakuumli qadoqlash uchun tayyorlangan quti.).
Blister – bu odatda termoplastik polimerdan (plastmassa) tayyorlangan kichik choʻntakchali teshiklarga, shaklga ega.
Shaffof blister fotosensitiv mahsulotlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
Ishlatilishi
tahrirBlisterli paketlar oʻyinchoqlar, jihozlar, dori-darmonlar va boshqalar kabi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatiladi. Blisterli qadoqlash mashinalari plastmassali rulondan issiqlik va bosimdan foydalangan holda maxsus qolip orqali choʻntakcha yoki chuqurcha hosil qiladi. Soʻnggi yillarda, Blisterni ishlab chiqarish jarayonida shakllar-chuqurlik/burchakka ruxsat berish, har bir boʻshliq uchun ishlatiladigan material miqdorini minimallashtirdi – bu texnologiyani yanada rivojlanishiga yordam berdi. Plastmassa asosidagi blisterning asosiy afzalliklari bu alyuminiyga nisbatan ixchamroq oʻlchamliligi va shaffofliligidir.
Dori dozasi birliklari
tahrirBlister paketlar odatda dori dozalari birliklari uchun ishlatiladi. Yaroqlik muddati talablarini qondirish uchun ular dorini himoya qilishlari mumkin. AQShda blister paketlar asosan shifokorlar tomonidan dori-darmonlarni qadoqlash yoki dorixonada retseptsiz sotiladigan mahsulotlar uchun ishlatiladi. Dunyoning boshqa qismlarida blister qadoqlar asosiy qadoqlash turi hisoblanadi, chunki dorixonalarda qayta qadoqlash mumkin emas. Sovuq shakldagi folgali qadoq[2] (yoki sovuq shakldagi folga) 3 qatlamli laminatdan tayyorlanadi: PVX/alyuminiy/poliamid. PVXdan tayyorlangan qismi qadoq ichida mahsulot saqlanadigan ichki tomonda joylashgan boʻladi.
Isteʼmol tovarlari
tahrirBlister paketlarning boshqa turlari oʻyinchoqlar, buyumlar va elektr jihozlari kabi mahsulotlar uchun maxsus tayyorlangan karton karta va plastmassa oʻrtasida joylashgan kartochkalardan iborat. Isteʼmolchi mahsulotni shaffof plastik orqali koʻzdan kechirishi mumkin. Plastmassa qobigʻi qolip atrofida vakuum bilan hosil boʻladi, shuning uchun u buyumni mahkam tutib turadi. Karta ichidagi buyumga qarab qadoq rangli va dizaynlashtirilgan boʻladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Soroka, W. Illustrated Glossary of Packaging Terminology, Second, Institute of Packaging Professionals.
- ↑ forcinio. orotecting solid-dose shelf. [sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
tahrir- Yam, KL, Qadoqlash texnologiyasi entsiklopediyasi, John Wiley & Sons, 2009, ISBN 978-0-470-08704-6
- Lokhart, H. va Peyn, FA, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash mahsulotlarini qadoqlash, 2006, Blackie, ISBN 0-7514-0167-6