Blokfleyta (nem. Blockfl ote — tiqin nay) — musiqa cholgʻu asbobi, uzunasiga ushlab chalinadigan fleyta turi. Mundshtukining ichida yogʻoch tiqini joylashgan (nomi shundan), barmoklarga moʻljallangan 8 ta teshigi bor (7 tasi yuzida, 1 tasi orqa tomonida). Tovushi mayin va yoqimli. Yevropada 11 a.dan maʼlum, 16—18-asrlarda keng tarqalgan sozlardan biri. B. uchun A. Vivaldi, G. Teleman, G. F. Gendel, I. S. Bax va boshqa turli janrlarda asarlar yaratishgan. Yakka tarzda, ansambl hamda orkestr tarkibida foydalanilgan. Oʻzbekistonda hozir koʻproq oʻquv jarayonida qoʻllanilmoqda.

Blokfleyta

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil