Blundell Park Angliyaning Shimoliy Sharqiy Linkolnshir shtatidagi Klitorpes shahridagi futbol maydonchasi va Grimsby Town futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Stadion 1899-yilda qurilgan, ammo asl tribunalardan faqat bittasi qolgan. 1995-yilning yozida toʻliq oʻrindiqliga aylantirulgan. Oʻtgan yillardagi bir nechta quyi ligaga tushishlar oʻrindigʻlar olib tashlanganini anglatadi. Hozirda stadion sigʻimi 9,052 ni tashkil etadi.

Blundell Park stadioni
Joyi Blundell Park
Cleethorpes
Lincolnshire
DN35 7PY
Koordinatalari 53°34′12.19″N 0°2′46.80″W / 53.5700528°N 0.0463333°W / 53.5700528; -0.0463333
Qachon ochilgan 1899-yil 2-sentabr
Egasi Grimsby Town F.C
Operator Grimsby Town F. C.
Hajmi 9,052
Maydon egalari
Grimsby Town F. C.

Tarixi

tahrir

Grimsby Town futbol klubi 1899-yilning yozida Blundell Park stadioniga koʻchib oʻtdi va ular barcha jihozlar shuningdek Abbey Park va Hazel Grove tribunalarini olib keldi. Ochilish oʻyini 1899-yil 2-sentabrda Luton Taunga qarshi Futbol Ligasi Ikkinchi Divizioni oʻyini boʻlib, 4000 tomoshabin tashrif buyurgan oʻyinda jamoalar 3:3 hisobida durang oʻynagan.[1] 1901-yilda stadioning shimoliy tomonida yangi asosiy tribuna qurilgan.

1925-yilda Abbey Park tribunasi buzib tashladi va uning oʻrniga Barrett tribunasi qurildi. 1937-yil 20-fevralda Angliya kubogi bahsida „ Wulverhampton“ bilan toʻqnash kelganda rekord darajadagi muhlislar tashrifi qayd etilgan — 31 651 kishi. 1939-yilda Ikkinchi Jahon urushi boshlangan paytda, Hazel Grove tribunasi buzib tashlangan va uning oʻrniga Osmond tribunasi qurilgan.[2]

Qoʻshimcha oʻtirish joylari

tahrir

1995-yilda Blundell Park toʻliq oʻrindiqli stadionga aylanganda, yerning umumiy sigʻimi mos ravishda kamaydi. Klub shimoliy-gʻarbiy va janubi-sharqiy burchaklarida vaqtinchalik oʻrindiqlar oʻrnatildi, ular xalq tilida „yashil oʻrindiqlar“ deb nomlanadi.

Xalqaro oʻyinlar

tahrir

Yillar davomida Blundell Park bir qator xalqaro oʻyinlarga mezbonlik qildi. 2001-yilda u Fransiya U18 va Finlandiya U18 oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi.[3] Yillar davomida Angliya U17,[4] Angliya U18 va Angliya 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasi oʻyinlariga mezbonlik qildi.[5]

Rekordlari

tahrir

1937-yilning 20-fevralida Angliya kubogi 5-raundida „ Wulverhampton“ ga qarshi oʻyinda maydonga kelgan eng koʻp tomoshabin 31,651 edi.1995-96-yilgi mavsum boshlanishi uchun maydon barcha oʻrindiqlar koʻpaytirilganligi sababli eng koʻp tomoshabinlar 1999-yil 13-martda " Sunderland "ga qarshi Futbol Ligasi Birinchi divizionida 9,528 kishi tashrif buyurdi.

Manbalar

tahrir
  1. Hales, Andrew. Memories of Grimsby. Halifax: True North Books, 1998 — 24–25-bet. ISBN 1-900-463-97-0. 
  2. „Blundell Park“. thefootballnetwork.net. The Greasy Chip Butty (26-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2013-yil.
  3. Holmes, Paul. „BP to Host International“. The Fishy (21-mart 2001-yil). Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  4. „Blundell Park prepares to host two International Under-17 matches“. Grimsby Telegraph (24-avgust 2010-yil). 7-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  5. „International Football At Blundell Park“. Grimsby Town F.C. (1-fevral 2012-yil). 6-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.