Blyu Nan
Blue Nun — H.Sichel Söhne (Mainz) kompaniyasiga tegishli nemis sharob brendi.
1923-yili 1921-yilgi uzum hosilidan yasalgan. Blue Nun, koʻp yillar davomida, to 1990-yillarning oxirigacha Liebfraumilch sifatida tasniflangan yagona nemis sharobi hisoblanar edi. Ammo, hozirda, turli xil usulda tayyorlangan sharoblar navlari shu nom bilan ataladi. U ilk bor ishlab chiqilganida, uning yorligʻi isteʼmolchini shoshirib qoʻyadigan gotik uslubidagi yozuvlar va chiroyli nomlarsiz, soddagina tayyorlangan. Sichel 1927-yili Buyuk Britaniyada oʻz ofisini ochish bilan eksport uchun maqsadli bozorni tanladi. 1950-yillardan buyon Blue Nun ovqat davomida isteʼmol qilinishi mumkin boʻlgan sharob sifatida targʻib qilinadi. Shu bilan sharob va taomni aralashtirish muammosiga barham berdi. Aytish mumkinki, Blue Nun xalqaro ommaviy bozor talablarini inobatga olgan holda samarali ishlab chiqarilgan ilk sharob edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin brend Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlarda juda mashhur boʻldi. U mashhurligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda boʻlgan qizil Bordo sharobi bilan bir xil narxda sotilgan. 1984-1985-yillarda oʻzining eng mashhurlik nuqtasiga erishgan vaqtda, AQShda yillik sotuvlar 1,25 million qutini tashkil etgan, dunyoning qolgan qismida 750 000 quti sotilgan[1].