Blum
(Blyumdan yoʻnaltirildi)
Blum, blyum (ing. bloom) — metallurgiya ishlab chiqarishining chala mahsuloti (yarim fabrikati). Odatda, kesim yuzasi kvadrat shaklli boʻlib, tomonlarining oʻlchami 140 mm dan yuqori, uzunligi 1–6 m. Poʻlat quymalarni blumingda prokatlab yoki suyuq metalldan uzluksiz quyish mashinalarida quyib olinadi. Blumlarni prokatlab (siqib) shakldor zagotovkalar ishlab chiqariladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |