Boʻlinish alomatlari
(Bo'linish alomatlaridan yoʻnaltirildi)
Boʻlinish alomatlari — sonlarni biron songa qoldiqsiz boʻlinishini, nisbatan tezroq topishqa yoʻl beradigan qoidalardir.
- 2 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqami 2ga bolinishi kerak (ya'ni juft bo'lishi). Masalan: 52738, 1250;
- 3 ga boʻlinish alomati — sonning raqamlar yigʻindisi 3 ga boʻlinishi kerak. Masalan: 2341245 soni 3ga bo`linadi, chunki uning raqamlari yig`indisi 21 ni tashkil etadi;
- 4 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi ikki raqami 00 bilan tugashi yoki 4 ga bo'linuvchi son boʻlishi kerak. Masalan: 3971228, 1500;
- 5 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqami 0 yoki 5 ga boʻlinishi kerak. Masalan: 532425, 2170;
- 6 ga boʻlinish alomati — son 2ga va hamda 3ga boʻlinishi kerak. Masalan: 126 – raqamlar yig`indisi 9ga teng (3ga bo`linadi), juft raqam bilan tugaydi (2ga bo`linadi);
- 7 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqamini hisobga olmaganimizdagi sondan oxirgi raqamini ikkilanganini ayirganimizdagi ayirma 0 bo'lishi yoki 7ga bo'linishi kerak. Masalan: . 0 soni 7 soniga boʻlinadi, demak 147 soni ham 7 soniga boʻlinadi.
- 8 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi uchta raqami 000 bo‘lishi yoki 8 ga boʻlinishi kerak. Masalan: 120000, 111120 (120 : 8 = 15);
- 9 ga boʻlinish alomati — sonning raqamlar yigʻindisi 9 ga boʻlinishi kerak. Masalan: ;
- 10 bo'linish alomati - Agarda sonning oxirgi raqami 0 bilan tugasa demak bu son o'nga bo'linadi. Masalan: 230 bu son 10 ga bo'linadi 230:10=23;
- 11 ga boʻlinish alomati — toq oʻrindagi raqamlar yigʻindisi bilan juft oʻrindagi raqamlar yigʻindisining ayirmasi 0 boʻlishi yoki 11 ga boʻlinishi kerak. Masalan, 9873424 soni uchun: ;
- 13 ga bo'linish alomati - sonning oxiridagi raqamini 4ga ko`paytiramiz oxiridan oldingi raqamlardan tuzilgan songa natijani qo`shamiz chiqgan natija 13ga bo`linsa berilgan son 13ga bo`linadi. Masalan: soni 16042 13ga qoldiqsiz bo'linadi ya`ni 1604 +2*4=1604+8= 1612=13*124
- 16 bo'linish alomati - Agar natural son oxirgi 4 ta raqami 0000 bo‘lsa yoki 16 ga bo'linsa, berilgan son 16ga bo'linadi.
- 17 ga bo'linish alomati - Sonning oxirgi raqami 5 ga ko'paytiramiz va oldindagi raqamlardan ayiramiz. Masalan:1003= 100-(5×3)= 85÷17=5
- 19 ga boʻlinish qoidasi — sonning oxirgi raqamini 2 ga ko‘paytirib oldindagi songa qo'shamiz. Masalan: 1691= 169 + (1×2) = 171 = 17 + (2×1) = 19:19= 1
- 23 ga bo'linish alomati - Berilgan sonning oxiridagi sonni 7 ga ko'paytiramiz va oldindagi songa qo'shamiz. Masalan:52952+(9×7)=11+(5×7)=46÷23=2
- 25 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi ikki raqami 25ga bo'linishi kerak. Masalan: 1350 sonidagi 50 soni 25 ga bo‘linadi.50:25=2.
- 32 ga bo'linish alomati — sonning oxirgi beshta raqami 32 ga bo'linishi kerak. masalan 306016 sonidagi 06016 soni 32 ga bo'linadi. 6016:32=188.