BOʻRIGUL (Vinca erecta Regel et Schmalh.) — kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Bitta ildiz boʻgʻzidan 15—40 sm uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apreldan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli, har bir barg qoʻltigʻida bittadan bir chanoqli yassi mevasi boʻladi. B. Ugom, Fargʻona, Hisor togʻlarining jan. qiyaliklarida, qoyalar va chagʻirtoshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida B.dan 40 ga yaqin alkaloid (vinkalin, vinkametrin, vinkanidin, ervinin, ervamin va boshqalar) ajratib olingan.

Boʻrigul
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil