Boʻston jome masjidi
Boʻston jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].
Masjid | |
Boʻston jome masjidi
Boʻston | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻka |
Manzil | Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Farrux domla Kurganov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirBoʻston jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, D. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Xonobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Farrux domla Kurganov hisoblanadi.
Tarixi
tahrirBoʻston jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.