Boʻtaboy Dadaboyev
Boʻtaboy Dadaboyev (1888-yilda tugʻilgan — 1938-yil 5-oktyabrda vafot etgan) — Turkiston ASSR adliya xalq komissari, respublika prokurori, keyinchalik Tojikiston Kompartiyasi tashkiliy byurosi aʼzosi, Tojikiston Inqilobiy Qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi. Uning tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar 1932-yil 4-aprel sanasidagi hibsga olish boʻyicha 12 sahifadan iborat shaxsiy varaqasida oʻz aksini topgan[1].
Boʻtaboy Dadaboyev | |
---|---|
Tavalludi |
1888-yil |
Vafoti |
5-oktyabr 1938-yil Namangan viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1901—1937-yillar |
Yoshligi va taʼlimi
tahrirDastlab, islomiy maktabida, keyinchalik rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Otasi vafotidan soʻng 13 yoshni qarshilagan B. Dadaboyev oliasidagi 4 ogʻa-inilarning toʻngʻichi sifatida roʻzgʻor tashvishlarini oʻz boʻyniga oladi[2].
Faoliyati
tahrirDadaboyev 1908-yil Namanganning Chodakiga borib, volost boshqaruvchisi devonxonasiga ishga kiradi. U 1914-yil yanvar oyidan to Fevral inqilobigacha Chust shahri xoʻjalik boshqarmasida avvaliga jurnalist sifatida, keyinroq daha pristavi B.Yaxin (Marg‘ilonga, boshqa ishga oʻtkazilgani sababli) taklifi bilan Skobelev shahriga borib, pristav qoshidagi xatlar boʻlimida ishlay boshlaydi. Bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgandan soʻng, B.Dadaboyev Farg‘ona viloyati Yer ishlari qoʻmitasiga aʼzo etib saylanadi[2].
Shuningdek, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi adliya vazirligi xalq komissari boʻlib ishlagan. Respublika prokurori, keyinchalik Tojikiston Kompartiyasi tashkiliy byurosi aʼzosi. Bundan tashqari, Tojikiston Inqilobiy Qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan[2]. Dadaboyev 1957-yilning 1-avgust kuni reablitatsiya qilingan[3].
Vafoti
tahrir1937-yilning 31-avgustida u Ashxobod shahrida qoʻlga olindi. Qiynoqlar 15 kun davom etadi. SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 5-oktyabrdagi yigʻilishida Boʻtaboy Dadaboyev otishga hukm qilinadi va sud majlisidan bir kun avval 4-oktyabr kuni shoshilinch ravishda otib tashlangan[2].
Adabiyotlar
tahrir- Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
- Sirojiddin, Ahmad. Qizil mustamlaka: Katta qirg'in qomusi. Info Capital Books, 2022-yil — 640-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qatag‘on qurboni: qo‘qonlik Akbar Islomov qismati“. aniq.uz. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
- ↑ Sirojiddin, Ahmad. Qizil mustamlaka: Katta qirg'in qomusi. Info Capital Books, 2022-yil — 640-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.