Boʻz yer
Boʻz yer — uzoq vaqt davomida ishlanmay yotgan, ekin ekishga yaroqli yer. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida Boʻz yer, asosan, sugʻorish imkoni boʻlmaganligi tufayli saqlanib qolgan. Oʻrta Osiyo sharoitlarida Boʻz yer ekin maydonlarini kengaytirishning asosiy rezervi hisoblanadi (qarang Qrriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |