Boʻzatov tumaniQoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1979-yil 10-aprelda tashkil etilgan (1988-yil sentabrda tugatilib, 1990-yil martda qayta tuzilgan). Boʻzatov tumani shim.da Moʻynoq tumani, gʻarbda Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl tumanlari, sharkda Chimboy, Kegayli tumanlari, jan.da Nukus tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,98 ming km². Aholisi 20,0 mingdan ziyod kishi (2000). Boʻzatov tumani da 1 shaharcha (Qozonketkan) va 4 ovul fuqarolari yigʻini (Aspantay, Yerkindarya, Koʻksuv, Kuskanatov) bor. Markazi — Qozonketkan shaharchasi. Aholisi, asosan qoraqalpoq, oʻzbek va qozoqlar, shuningdek rus, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 8,7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 4 ming, qishloq aholisi 15,8 ming.

Tabiati

tahrir

Boʻzatov tumani Amudaryoning quyilish yerida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 28°. Yiliga 110 mm dan ziyod yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 90—100 kun. Amudaryo Boʻzatov tumani ni gʻarb va shim.gʻarbdan 98 km masofada kesib oʻtadi. Boʻzatov tumani hududida Dovutkoʻl suv ombori joylashgan. Tuprogʻi toshli shoʻrxok tuproq, shoʻrxoklar tarqalgan, qoʻriq yerlar bor. Butacha va buta oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, shaqal, tulki, toʻngʻiz, quyon, qirgʻovul, gʻoz, oʻrdak va boshqa yashaydi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Boʻzatov tumani qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tumanda jami 7 shirkat xoʻjaligi boʻlib, shundan 6 tasida chorvachilik bilan shugʻullaniladi, bittasida paxta yetishtiriladi. Tuman hududida Boʻzatov oʻrmon xoʻjaligi va „Asan“ xususiy kichik korxonasi (xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqariladi) bor. Kaolin va ohak xom ashyosi konlari topilgan. Umumiy ekin maydoni 14638 ga, shu jumladan gʻalla ekinlari 2116 ga, texnika ekinlari 600 ga, shundan paxta 570 ga, yemxashak ekinlari va boshqa 11254 ga. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 25502 qoramol, 9028 qoʻyechki, 1475-yilqi, 829 tuya bor. Tuman oʻrmon xoʻjaligining umumiy maydoni 26318 ga, shundan oʻrmonzorlar 8824 ga, daraxtzorlar 107 ga, bogʻlar 12 ga va boshqa Avtomobil transporta — tumanda yagona transport vositasidir.

1999/2000 oʻquv yilida 16 umumiy taʼlim maktabi, 1 akademik litsey, 7 musiqa maktabi faoliyat koʻrsatdi. Tuman madaniyat uyi, qishloq klubi, avtoklub, kutubxona (qariyb 112 ming kitob va jur.lar), tuman markaziy kasalxonasi, 95 oʻrinli 2 qishloq kasalxonasi bor. Jami 34 vrach ishlaydi. 10 ming kishiga 17 vrach toʻgʻri keladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Boʻzatov tumani" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil