Bobi Islom darvozasi – Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi darvozasi. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qurilgan[1]. Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvoza „Islom darvozasi“ deb nomlangan. Qurilishida Joʻraqul Fattohov va Faxriddin Fattohovlar ishtirok etib, koshinlar bilan bezatishgan. Darvoza Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Islom darvozasi qarshida darvoza boʻlib, bagʻdodiy eshik bilan mustahkam qurib bitkazilgan. Darvozaga madaxil shakldagi bezaklar va zanjir xalqa oʻrnatilgan va girix gular bilan bezatilgan[1]. Darvozada ikki tomoni hujralar bilan oʻralgan. Bobi Islom darvozasining oʻng va chap tomonida 2 metrlik devor va uzun yoʻlak bor. Aynan shu yoʻlak bilan Bobi Islom darvozasidan Bahouddin Naqshband maqbarasiga kirib boriladi[2]. Darvoza kirish qismidagi peshtoqi naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan. 2003-yil „Bobi Islom“ yaʼni Islom darvozasida xattot Habibulloh Solih tomonidan suls xatida „Raʼd“ surasining 28 oyati bitilgan[3]. Unda shunday yozilgan: "Alloh taolo: „Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh boʻlingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur[2]“. Darvozaning muqarnas qismida nastaʼliq xatida ustalarning ismlari va imorat qurilgan yil yozib qoldirilgan[4]. Bobi Islom darvozasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Majmua qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, tosh va ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan.

Bobi Islom darvozasi
Muqobil nomlari Bobi Islom darvozasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi darvoza
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 2003-yil
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Йўлдошев 2019, s. 100.
  2. 2,0 2,1 Йўлдошев 2019, s. 101.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 252.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 255.

Adabiyotlar

tahrir
  • Каримова Г., лойиҳа муаллифи, таржима ва изоҳлар муҳаррирлари Б. Бобожонов, К. Рахимов. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар. Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 2011 — 564-bet. ISBN 978-9943-01-716-0. 
  • Йўлдошев Н., Бобожонов Ш. Баҳоуддин Нақшбанд тарихий меъморий мажмуаси. Тошкент: Наврўз нашриёти, 2019 — 113-bet.