Bobo Oston Fayziyev — 1871-yili tug‘ilgan,Qoradaryo rayoni Berdiqo‘rg‘on qishloq soveti Payshanba qishlog‘idan, o‘zbek, ruhoniy, quloq, hibsga olingan vaqtda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan. Qoradaryo rayonidagi mavjud millatchi, aksilinqilobiy, isyonchi ruhoniylar guruhining faol ishtirokchisi, guruhning aksilinqilobiy yig‘ilishlarida ishtirok etib, aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchi targ‘ibot qilib tez orada urush bo‘ladi va SSSRbarham topadi deb aytganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 139-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.