Sanobar Bobonazarova (1950.15.3. Namangan tumanining Shoʻrqoʻrgʻon qishlogʻi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchsi (1998). Namangan pedagogika institutining filol. fakultetini tugatgan (1973). 1969-yildan Namangan tumanidagi 8oʻrta maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Bobonazarova darslarni koʻrgazmali qurollar, texnika vositalari asosida tashkil etadi. Bobonazarova oʻz darsida yoshlarga vatan tuygʻusini, milliy qadriyatlar va mafkurani singdirishda yangi uslublarni qoʻllaydi. Maktab "Yosh ijodkorlar" toʻgaragi rahbari Bobonazarova oʻquvchilari bir necha marta olimpiadalarda faxrli oʻrinlarni egalladi. Uning sheʼriy kitoblari nashr qilingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil