Bobooxun Salimov
Bobooxun Salimov (shuningdek Bobo-oxun) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.
Bobooxun Salimov | |
---|---|
Xiva xonligining Qozi-kaloni | |
Mansab davri 1910 – 1918 | |
Xiva xonligining Shayx ul-islomi | |
Mansab davri 1910 – 1918 | |
Xiva xonligining majlis raisi | |
Mansab davri 1917 – 1917 | |
Avvalgisi | lavozim tashkil etildi |
Keyingisi | lavozim bekor qilindi |
XXSR adliya vaziri | |
Mansab davri 1920 – 1920 yillar oxiri | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1874 Gurlen, Xiva xonligi |
Vafoti | 10.05.1929 |
Siyosiy partiyasi | Yosh Xivaliklar |
Dini | Islom |
1874-yilda Gurlen qishlogʻida Salimohunlar oilasida tugʻilgan. Tugʻilganda uning ismini Muhammad Karim qoʻyishgan, keyin esa hurmat-ehtirom uchun unga Bobo oxun laqabini berishgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Madrasada mudarris bo'lib dars bergan.
1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Bobooxun Salimov mamlakatning Qozi-kalon (oliy qozi) va shayx ul-islomi lavozimlarida ishlagan.[1][2]
1917-yilda Xiva majlisi raisi boʻldi.
1918-1920-yillarda Toʻrtkoʻlda yashab, „Yosh xivaliklar“ partiyasiga aʼzo boʻldi. 1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda qatnashib, adliya vaziri etib tayinlanadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining birinchi qurultoyini chaqirish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. U mamlakatning erkin demokratik rivojlanishi tarafdori edi.
1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil qilishda qatnashib, shu yili Rossiya davlati bilan shartnoma tuzish uchun Xorazm davlati tamonidan delegatsiya rahbari bo'lib jo'natiladi.
Mullo Bekchan bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun alifbe, o'qish kitoblari yozgan
1920-yillar oxirida Sovet hukumati tomonidan ziyolilarga nisbatan taʼqib qilinishi natijasida u davlat ishlaridan chetlashtirildi. 1929-yili 10 -mayda davlat xodimlari tamonidan uyiga bostirib borib otib tashlanadi, oila a'zolariga ham hujum qilinadi. Bobo oxun Salimov Qaroqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Jumurtog' etagidagi Salomat bobo qabristoniga dafn qilingan.[3].
Adabiyotlar
tahrir- O'zbekiston tarixi, Toshkent, 1993.
- Xorazm Tarixi, Toshkent, 1976.
Manbalar
tahrir- ↑ Davronbek Tojialiev, Bobooxun Salimov (1874-1929)
- ↑ „CentrAsia, Xorazm Respublikasi (1920-24 gg.)“. 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
- ↑ „Bobooxun Salimov (1874-1929)“. www.ziyouz.uz (2013-yil 4-iyun). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.