Toʻxtasin Boboyev
Sovet Ittifoqi Qahramoni
(Boboyev To‘xtasindan yoʻnaltirildi)
Toʻxtasin Boboyev (1923.23.1, Fargʻona viloyati Jonketmon qishlogʻi — 2000.15.1, Ohangaron shahar) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Belorussiya fronti, 61-armiyasining 81-oʻqchi diviziyasiga qarashli 154-maxsus razvedkachilar rotasida xizmat qilgan. 1943-yil Dnepr daryosidan kechib oʻtgan va qoʻshinlar yetib kelgunga qadar dushmanlar hujumini jasorat bilan qaytarib turgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Urushdan keyin Toshkent yuridik institutini bitirgan (1952). Kolxoz raisi, sovxoz direktori boʻlib ishlagan. 1962-yildan Ohangaron shahrida yashaydi.[1][2]
Toʻxtasin Boboyev | |
---|---|
Tavalludi |
23-yanvar 1923-yil Fargʻona viloyati |
Vafoti |
15-yanvar 2000-yil Ohangaron, Toshkent viloyati |
Xizmatdagi yillari | 1942 — 1945 |
Unvoni | |
Harbiy qism | 154 maxsus razvedkachilar qism |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
|
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Kargapoltsev, Sergey. "Бабаев Тухтасин Бабаевич" (22 Fevral 2018) (Rus)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |