Bodo apparati
Bodo apparati — besh klavishli harf bosuvchi telefaf apparati; telegrammalar belgilangan takt signallari bilan bir meʼyorda uzatiladi. Qabul qilinadigan telegramma matni qogʻoz lentaga qayd qilinadi. J. Bodo 1874-yil ixtiro qilgan. Bodo apparati 1960-yilgacha ishlatilgan, keyin uning oʻrnini startstopli apparatlar (teletayplar) egalladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |