Yangiqishloq

shahar
(Bogʻdondan yoʻnaltirildi)

Bogʻdon — (avval Yotoq qishligʻi, sung Yangiqishloq) Jizzax viloyati Forish tumanidagi shaharcha (1978-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jizzax (67 km). Aholisi 8,4 ming kishi (2003). Shaharchada paxta tozalash zavodi, MTP, avtokorxona, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxona va mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat saroyi, madaniyat uylari, „Chorvador“ xalq dastasi, markaziy va bolalar kutubxonalari aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari va maydonchalari va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Bogʻdon — Jizzax, Bogʻdon — Forish, Bogʻdon — Chimoʻrgʻon va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi.

Bog'don
shahar
40°25′07″N 67°10′46″E / 40.41861°N 67.17944°E / 40.41861; 67.17944
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Forish tumani
Avvalgi nomlari Yotoq, Yangiqishloq
Maydon 9 km2 (3.5 kv mi)
Iqlim turi Keskin-kontinental
Aholisi
8 400
Milliy tarkib Oʻzbeklar, tojiklar, qozoqlar, tatarlar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangiqishloq xaritada