Bogʻiafzal

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi qishloq
(Bog‘iafzaldan yoʻnaltirildi)

Bogʻiafzal — qadimgi qishloqlardan biri. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan. Bogʻiafzal yaqinida ilk oʻrta asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan vardonxudotlarning qarorgohi — Vardonze qoʻrgʻoni (Qoʻrgʻontepa) xarobalari mavjud. 1880-yilda Bogʻiafzal qattiq boʻron natijasida qum ostida qolgan. Hozirgi qishloq qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgargan. Bogʻiafzal husayni uzumi va kishmishi bilan ham mashhur[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Bogʻiafzal" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil