Bogazar togʻi — Qashqadaryo viloyatidagi togʻ. Hisor tizma togʻlari tarkibiga kiradi. Eng baland joyi — Chovurtkali choʻqqisi, 2098 m. Uzunligi 10–12 km. Bogazar togʻi jan.gʻarbdan shim.sharqqa yoʻnalgan. Uningjan.sharqiy yon bagʻirlari Kichik Oʻradaryo vodiysiga ancha qiya, baʼzi joylarda tik tushgan, shim.gʻarbiy yon bagʻirlari esa yotiqroq. Suvayirgʻich qismi yassi. Togʻ yon bagʻirlaridagi buloklardan boshlanuvchi soylar Kichik Oʻradaryo tomon oqadi. B. t. yura, boʻr va paleogenning choʻkindi jinslari (qumtosh, gil, konglomerat, alevrolit, ohaktosh)dan tashkil topgan. Yon bagirlaridagi jigarrang tuproqlarda qizilarcha va saurarcha, zarang, bodom keng tarqalgan. Archazorlar ostida bugʻdoyiq, shuningdek uchqat (shilvi), oqhargul va boshqa usadi. Bogazar togʻi yozgi yaylov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Bogazar togʻi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil