Nikolay Dmitriyevich Bogdanov (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlogʻi — 1945.31.1, Lvov) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi boʻlib ishlagan. 1941-yil iyuldan frontda. 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir boʻlgan. Bogdanov 1943-yil 12—14-sentabrdagi janglarda oʻz artilleriyasi bilan oʻqchi qismlari tomonidan dushmanning Komarovka va Yevlashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943-yil 16-oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan.[1]

Nikolay Bogdanov
Tavalludi 27-Aprel 1920-yil
Dnepropetrovsk viloyati
Vafoti 31-Yanvar 1945-yil
Lvov
Xizmatdagi yillari 1938 — 1945
Unvoni Podpolkovnik
Harbiy  qism 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari Sovet Ittifoqi Qahramoni va medallar

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil