Bogemiya (Bohemia) — 1) Chexiya davlati tashkil topgan hududning ilk nomi; 2) 15261918-yillarda Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirgan Chexiyaning rasmiy nomi. Bogemiya atamasi antik davrlardayoq Boi(o) haemum ("boylar vatani") nomi bilan qayd etilgan; miloddan avvalgi VIII asrda Marbod rahbarligidagi markomanlar tomonidan bosib olingan. Bavariyaliklar (lotincha bai(u) varii — boylar mamlakati aholisi) bogemiyaliklardan kelib chiqqanligi masalasi hanuz ochiq qolmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil