Boj
Boj-pul 1) oʻrta asrlarda Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarida savdogarlar, hunarmandlar va boshqalardan olingan soliq; shuningdek, magʻlub podsholiklar tomonidan yoki zabt etilgan xalqlardan gʻolib tomonga toʻlangan natural yoki pul soligʻi ham boj deb atalgan; 2) mamlakat chegarasidan olib oʻtiladigan import tovarlari, mol-mulk, qimmatbaho buyumlar va boshqa uchun davlat boj nazorati undiradigan pul yigʻimlari. Boj mamlakat manfaatini koʻzlab undiriladi, xalqaro va milliy boj taʼriflariga asoslangan holda milliy bozorga turli tovarlarning noqonuniy oqib kelishining oldini oladi, tovarlar importini muvofiqlashtirib, mamlakat doirasidagi taqchil tovarlar eksportini chegaralashga xizmat qiladi. Boj bilvosita soliq turi boʻlib, uning mol kiritish, mol chiqarish va mamlakat hududi orqali tashib oʻtkazish (tranzit) uchun undiriladigan turlari bor. Boj muayyan tovarlar miqdori, donasi, metri, birligi, shuningdek tovar bahosi (qarang: Advalor boj) boʻyicha belgilangan boj tarifi doirasida olinadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |